9:37 | 6.12.2016
“O’zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining virtual qabulxonasi ishga tushdi.
Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar “O’zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatiga doir hal etilmagan muammo, ariza, shikoyat va takliflar bilan qulay va zamonaviy usulda Boshqaruv Raisining virtual qabulxonasiga (rais.uzpse.uz) elektron tarzda murojaat yuborishlari mumkin.
Bundan tashqari murojaatlarni, xolding kompaniyasining rasmiy sayti (uzpse.uz) yoki ishonch telefoni (0371-120-42-64, 0371-120-42-65) orqali ham yetkazish mumkin.
Bu haqda xolding kompaniyasi axborot xizmati xabar bermoqda.