А A
06:05:52 18.10.2019 Juma

15:05 | 26.04.2016

O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi. Unda O’zbekiston – Xitoy iqtisodiy hamkorligining mavjud holati, erishilgan natijalar va rivojlantirish istiqbollari keng muhokama etildi.

Mazkur anjumanda “O’zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi vakillari ham faol ishtirok etdi.

Qatnashchilar O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi o’zaro diplomatik aloqalarning zamonaviy bosqichiga endigina 24 yil to’lgan bo’lsa-da, ba’zi yozma ma’lumotlarda miloddan avvalgi 128-yildayoq, mamlakatlarimiz o’rtasida rasman diplomatik munosabatlar o’rnatilganligi to’g’risidagi bitiklarning mavjudligini yuksak fahr bilan e’tirof etdilar.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari tomonidan ikki mamlakat o’rtasidagi zamonaviy iqtisodiy hamkorlik to’g’risida fikrlar bildirilib, so’nggi yillarda O’zbekiston Xitoy Xalq Respublikasi bilan strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, o’zaro manfaatdorlik va tenglikka asoslangan ko’p tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratayotganligi ta’kidlandi. Jumladan, 2007 yilda ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi 904 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2015 yilga kelib 5 barobardan ziyodga oshgani holda qariyb 5 mlrd. AQSh dollarini, mamlakatimiz tomonidan amalga oshirilgan jami eksport operatsiyalarida Xitoyning ulushi 16,8 foizni, import operatsiyalarida esa, 17,1 foizni tashkil etayotgani aytib o’tildi.

Shuningdek anjumanda, bugungi kunda Xitoy O’zbekiston iqtisodiyotiga eng ko’p investitsiya kiritayotgan yirik sarmoyadorlardan biri bo’lib, o’zlashtirilgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar hajmi 7 mlrd. AQSh dollaridan oshganligi, bu borada, jalb qilingan investitsiyalar orqali yirik qo’shma loyihalarning amalga oshirilishi mamlakatimiz sanoatining yetakchi tarmoqlarini tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, yaqin o’tmishda bir tomonlama, faqat xomashyo yetkazib berishga yo’naltirilgan iqtisodiyotimizni eng ilg’or texnologiyalardan foydalanish asosida mavjud xomashyo hamda resurslarni chuqur qayta ishlaydigan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarga asoslangan zamonaviy, diversifikatsiya qilingan iqtisodiyotga aylantirishda muhim omil bo’layotganligi, hamkorlik munosabatlarini mustahkamlanishi natijasida, hozirda mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 630 taga (100 foiz Xitoy sarmoyasi asosida tashkil etilgan korxonalar soni 84 ta) yetganligi to’g’risida fikrlar bildirildi.

Ilmiy anjuman “O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasidagi o’zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy holati” hamda “O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy rivojlanishida erkin iqtisodiy zonalarning roli va ahamiyati” yo’nalishidagi sho’balarda ham o’z ishini olib bordi.

Unda “O’zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi vakillari ham kompaniyada xitoylik hamkorlar bilan yo’lga qo’yilgan savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari va ularni rivojlantirish istiqbollari to’g’risidagi ma’ruza bilan qatnashdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar va hamkor tashkilot vakillariga sertifikatlar, statuetkalar va esdalik sovg’alari tantanali topshirilib, o’zbek va xitoy xalq raqslari namoyish etildi.

Manba: uzpse.uz

Ishonch telefoni

73 244-44-99

October 2019
M T W T F S S
« Jul    
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031  

Farg'onapaxtasanoat hududiy filiali mas'uliyati cheklangan jamiyatining rasmiy sayti.

Sayt materiallaridan qisman yoki to'liq foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi majburiy.

Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 24-uy.

Saytning so`nggi yangilangan sanasi
2015, 21 Март, Шанба, соат 20:30

1 visitors online now
0 guests, 1 bots, 0 members