А A
06:02:58 18.10.2019 Juma

14:58 | 23.05.2016

Monitoring markazlari: qulay, zamonaviy va ishonchli

     Ma’lumki, bu yilgi paxta hosiliga puxta tayyorgarlik ko’rish hamda sifatli tashkil etish, agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli o’tkazishda tizimli nazorat o’rnatish, fermer xo’jaliklari bilan ta’minotchi va xizmat ko’rsatuvchi korxonalar o’rtasida to’lov intizomini va hisob-kitob ishlarini yanada yaxshilash maqsadida “O’zpaxtasanoateksport” xolding kompaniya tarkibidagi «O’zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyatining paxta tozalash korxonalari huzurida Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va hisob-kitob qilish Monitoring markazlari tashkil qilindi.

Ayni paytda mazkur Monitoring markazlarida ish qizg’in. Shundan kelib chiqib, ushbu markazlar faoliyati, vazifalari va amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida “O’zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tarkibidagi “O’zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Yashin Xidirov ma’lumot berdi.

-Yashin Sohibovich, avvalambor, mazkur markazlarni tuzishdan maqsad nima va ularning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Ma’lumki, “O’zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish bo’yicha muxtaram yurtboshimizning 2015 yil 28 oktyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni va tegishli qarorlari qabul qilinib, Respublikada yetishtirilayotgan paxta xom ashyosini fermer xo’jaliklaridan qabul qilib olish, qayta ishlash, paxta tolasini jahon bozori talablaridan kelib chiqqan holda eksport qilish bo’yicha yagona tizim yaratildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga “O’zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birga paxtani ekishdan boshlab, hosilni to’liq yetkazib berishgacha bo’lgan barcha jarayonlar tuman  hokimliklari, tegishli tashkilotlar va xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan nazorat qilib borishning yaxlit tizimimini yaratish bo’yicha taklif kiritildi. Mazkur taklif qo’llab-quvvatlanib, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 19 yanvardagi “Respublikada qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda amaliy yordam ko’rsatuvchi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va hisob-kitob qilish Monitoring markazlarini tashkil qilish to’g’risida”gi yig’ilishi bayoni bilan tasdiqlandi. Shu asosda respublikadagi paxta yetishtiruvchi tumanlarda paxta tozalash korxonalari huzurida 130 ta qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va hisob-kitob qilish Monitoring markazlari tashkil qilindi.

Markazlarni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad, respublikada paxta hosildorligini oshirish, agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazishda tizimli nazorat o’rnatish, fermer xo’jaliklari bilan ta’minotchi va xizmat ko’rsatuvchi korxonalar o’rtasida to’lov intizomini va hisob-kitob ishlarini yanada takomillashtirishdan iborat.  

Markazlarning asosiy vazifasi qilib, fermer xo’jaliklari va ta’minotchi, tayyorlovchi va xizmat ko’rsatuvchi korxonalar, soliq idoralari hamda paxta tozalash korxonalari o’rtasidagi hisob-kitob va to’lov tizimini yangidan tartibga keltirish, soddalashtirish, shaffofligini ta’minlash, xo’jaliklarning paxta va g’alla maydonlarida belgilangan agrotexnik tadbirlarning o’z vaqtida, sifatli bajarilishi ustidan doimiy nazorat tizimini mukammallashtirish, agrotexnik tadbirlar uchun ajratilayotgan moddiy resurslardan (yonilg’i-moylash materiallari, kimyoviy o’g’itlar va h.k.) maqsadli va oqilona foydalanilishni nazoratga olish belgilangan.

Maxsus reja asosida mavjud Monitoring markazlari ta’mirlanib, mebel, kompyuter texnikasi va kerakli jihozlar bilan to’liq ta’minlandi. Shuningdek, doimiy aloqani ta’minlash imkonini beruvchi optik va internet aloqa tizimi chekka-chekka hududlardagi monitoring markazlariga ham o’rnatildi.

 -Mazkur Monitoring markazlari fermerlar uchun qanday qulayliklar beradi?

Aytish kerakki, bu markazlarning tashkil etilishi fermerlar uchun ayni muddao bo’ldi. Ortiqcha ovoragarchiligu vaqt isrofiga chek qo’yildi. Avvallari fermer biror zaruriy mahsulotga buyurtma berish yoki zaruriy agrotexnik tadbirlar uchun mablag’ olish zarur bo’lsa, tumanning turli nuqtalarida joylashgan muassasalarga borib, yarim oylab vaqt yo’qotar, bu o’z navbatida dala ishlariga, ayniqsa hosildorlikka ham ta’sir o’tkazmay qolmasdi. Endi esa bu jarayonlar bir joyda, ya’ni barcha xizmatlarni o’zida jamlagan Monitoring markazida yarim soatda hal bo’lmoqda. Fermerlarimiz bundan juda xursandlar.   

Shuningdek, paxta va g’alla yetishtiruvchi fermer xo’jaliklariga hisob-kitoblarda qulayliklar yaratish maqsadida elektron imzo tizimi, ya’ni smart kartalar joriy qilinib, hisob-kitoblarda ortiqcha rasmiyatchiliklarning oldi olindi. Hozirda fermerlarimiz monitoring markaziga kelib, o’zlariga belgilangan me’yor bo’yicha yoqilg’i moylash materiallari, mineral o’g’it va boshqa turdagi xizmatlar uchun to’lovlarni elektron tizim ya’ni smart kartalar orqali amalga oshirmoqdalar. Bu esa o’z navbatida moddiy texnik resurslardan oqilona foydalanilishiga olib keladi.

Misol uchun Monitoring markazlari faoliyati yo’lga qo’yilgandan keyin Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida ekish mavsumi uchun o’tgan yilga nisbatan 250 tonna yoqilg’i moylash materiallar tejalgan bo’lsa, Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida 370 tonna yoqilg’i moylash materiallari iqtisod qilinganligini ko’rishimiz mumkin.

 Bu borada olib borilayotgan ishlar, jumladan, monitoring markazlarini tashkil etilishi joylarga borganimizda tuman hokimliklari va fermer xo’jaliklariga juda ma’qul kelib, olib borayotgan ishlarmiz ko’pchilik fermerlarimiz tomonidan qo’llab-quvvatlanayotganligining guvohi bo’lyapmiz.

Mazkur tizim qishloq xo’jaligida hisob kitoblarni yo’lga qo’yish bilan bir qatorda fermer xo’jaliklari bilan kontraktatsiya shartnomasi tuzish, to’liq maydonlarga chigit ekilishini tashkil qilish shu bilan birgalikda shartnoma shartlarida belgilangan miqdorlarda xomashyo bazasini yaratish imkoniyatini beradi.

Fermer xo’jaliklarimiz yaratib berilgan bu imkoniyatlardan kelib chiqib, Mustaqilligimizning 25 yilligi bayramiga paxta xomashyosi yetishtirish bo’yicha belgilangan hosildorlikni qo’shimcha 2-3 stentnerga oshirish bilan o’z hissalarini qo’shmoqchi ekanliklarini aytishmoqda.

– Mazkur markazlar faoliyati samaradorligini oshirish, ko’p jihatdan markazda faoliyat yurituvchi xodimlarning malakasiga bog’liq. Ular qanchalik maqsad-vazifalarni to’g’ri anglasa, murojaat etuvchilar uchun shunchalik qulayliklar vujudga keladi. Xodimlar malakasini oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot bersangiz…

Fermer xo’jaliklari bilan tayyorlovchi, ta’minotchi va xizmat ko’rsatuvchi korxonalar o’rtasida o’tkaziladigan hisob-kitoblarda qo’layliklar yaratish maqsadida yagona elektron dastur joriy qilindi. Monitoring markazlarida tayyorlovchi va ta’minotchi korxonalardan biriktirilgan fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatadigan mas’ul xodimlarni zamonaviy elektron dasturlarda ishlash bo’yicha “O’zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatida o’quv seminarlari tashkil etildi. 

Respublika Ishchi guruhi joylarga chiqib, har bir hududga kamida ikki-uch martadan o’quv-amaliy seminar yig’ilishlari tashkil etildi, monitoring markazlari tomonidan bajariladigan ishlar birma-bir tushuntirildi. Seminar qatnashchilari orasidan eng yaxshi mutaxassislar saralab olindi va ularning majburiyatlari yanada kuchaytirildi.

Fermer xo’jaliklariga qo’layliklar yaratish maqsadida Markazlarda “Mini bank” tashkil etildi va fermerlarga bank  xizmati ko’rsatilmoqda.

Bugungi kunda monitoring markazlarida 2016 yilda paxta yetishtirish bo’yicha fermer xo’jaliklari bilan tayyorlovchi korxonalar o’rtasida kontraktatsiya shartnomalari hamda ta’minotchi va xizmat ko’rsatuvchi korxonalar o’rtasida tuzilgan shartnomalar monitoring markazlarida ro’yxatdan o’tkazilib, to’lovlar va hisob-kitoblar amalga oshirilmoqda.

Monitoring markazlari vakolatini oshirish maqsadida joriy yilning 1 martidan boshlab boshoqli don va paxta yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlarni ajratish fermerlarning talabnomasiga asosan Monitoring markazi rahbari va “Agrobank” filiali boshqaruvchisi tomonidan imzolangan buyurtmaga muvofiq amalga oshirish tizimi joriy etildi.

Monitoring markazlari tarkibidagi ishchi guruhlari hamda biriktirilgan xodimlarning mas’uliyati va javobgarligini ko’chaytirish bo’yicha vaqtinchalik tartib ishlab chiqilib,  tasdiqlandi.

Monitoring markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi va barcha viloyatlarda monitoring markazlari hamda xolding kompaniyasi binosida Respublika Shtabi tashkil etilib, bugungi kunda faoliyat ko’rsatmoqda. Shtabda respublikadagi mavjud vaziyat to’g’ridan-to’g’ri nazorat qilinib, olingan kunlik natijalar tahlil etilmoqda, hududiy markazlarga aniqlangan holatlar bo’yicha tegishli tavsiyalar berilmoqda. 

 – Yuqori hosildorlikka erishishda agrotexnik tadbirlarning o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishi juda muhim. Bu, albatta, ma’lum nazoratni talab etadi. Ma’lumotlarga ko’ra, agrotexnik tadbirlarning nazorati uchun alohida mutaxassislar, maxsus texnikalar jalb etilayotgan ekan…

Albatta. Monitoring kuzatuv guruhi tomonidan agrotexnik tadbirlarning o’z vaqtida o’tkazilishini nazorat qilib borish maqsadida paxta tozalash korxonalari tomonidan yetishtirilishi kutilayotgan har 4000 tonna paxta xom ashyosi uchun bittadan jami 1000 ga yaqin agronom va yer tuzuvchilar paxta tozalash korxonalariga ishga qabul qilindi.

Shuningdek, xolding kompaniyasi, “O’zpaxtasanoat”, “O’zpaxtayog’, “O’zpaxtaeksport” aksiyadorlik jamiyatlari korxonalaridan har 200 gektar maydonga  1 nafardan, jami 6500 nafarga yaqin mas’ul xodimlar biriktirilib, ular dalalarga chiqib, chigit ekish va agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazishining kunlik monitoringini olib borishmoqda.

Monitoring kuzatuv guruhlariga dalada olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni o’rganishda qulaylik yaratish maqsadida har bir monitoring markazlari 3 donadan “Damas” rusumli avtomashinalar bilan ta’minlandi.

Yangi tizim bo’yicha monitoring markazlariga ishga qabul qilingan agronomlar tomonidan har kuni fermer xo’jaliklari dalalarida olib borilayotgan ishlar xolati, mavjud kamchilik va muammolar to’g’risidagi malumotlar aniqlanib, yagona elektron dasturga kiritib borilmoqda va mahalliy hokimliklar hamda fermerlar bilan birgalikda mavjud muammolarni o’z vaqtida hal etish choralari ko’rilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, mazkur Monitoring markazlari agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli o’tkazishda tizimli nazorat o’rnatish, zamonaviy elektron dasturlar joriy qilish orqali fermer xo’jaliklari bilan ta’minotchi va xizmat ko’rsatuvchi korxonalar o’rtasida to’lov intizomini va hisob-kitob ishlarini yanada yaxshilash imkonini beradi, fermerlarimizning yanada rivojlanishiga ko’maklashadi. Aytish joiz bo’lsa, maqsadli harakatlar samarasi o’laroq, joriy yilda paxta yetishtirishda katta hosildorlikka erishish kutilmoqda.    

Manba: uzpse.uz

 

Ishonch telefoni

73 244-44-99

October 2019
M T W T F S S
« Jul    
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031  

Farg'onapaxtasanoat hududiy filiali mas'uliyati cheklangan jamiyatining rasmiy sayti.

Sayt materiallaridan qisman yoki to'liq foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi majburiy.

Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 24-uy.

Saytning so`nggi yangilangan sanasi
2015, 21 Март, Шанба, соат 20:30

1 visitors online now
0 guests, 1 bots, 0 members