А A
22:28:44 23.09.2019 Dushanba
 

21:25 | 16 March 2015

E’lonlar

 

Farg’onapaxtasanoat hududiy filiali MChJ ichki audit xizmatiga hodimlarni yollash uchun tanlov e’lon qiladi.

 

Nomzodlarga quyidagi minimal talablar qo’yiladi:

– oxirgi o’n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy (shu jumladan, o’rindoshlik bo’yicha) ish staji;

– ichki auditor sertifikati;

– O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumot.

Tanlovda qatnashishga yozma murojaatlarni ushbu e’lon chop etilgandan keyin 14 kundan kechiktirmay quyidagi manzilda joylashgan “Farg’onapaxtasanoat hududiy filiali” MChJning Moliya va iqtisodiyot bo’limiga taqdim etilishi shart:

O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyat, Farg’ona shahri, Sanoat ko’chasi, №24-uy. Indeks:150100. Telefon: (0373) 244-82-65, 244-84-84

 

 

 

Farg’onapaxtasanoat hududiy filiali MChJ 2016 yil yakuni bo’yicha tashqi auditni o’tkazish uchun tanlov e’lon qiladi.

 

“Farg’onapaxtasanoat hududiy filiali” MChJ o’z faoliyatini 2016 yilning fevral oyida boshlagan bo’lib, jamiyatning 2016 yil yakuni bo’yicha Auditorlik faoliyatining milliy standartlari va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditorlik tekshiruvini o’tkazish kerak.

Tashqi auditorlik tashkilotiga qo’yiladigan talablar:

– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi  PQ-615-son qarori bilan tasdiqlangan “Auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi Nizom”ga ega bo’lishi;

– O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan, joriy yilda ustav fondida 50 foizdan ortiq davlat aksiyalari (ulushi)ning paketi bilan korxonalarda tashqi audit o’tkazish huquqiga ega auditorlik tashkilotlar ro’yxatida kiritilgan bo’lishi;

– O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi va fuqarolik javobgarligi sug’urtasi polisi (hujjati)ga ega bo’lishi;

– Yirik tashkilotlar va korxonalar bilan ishlash (besh yildan kam bo’lmagan) tajribasiga va auditorlik xizmatlari bo’yicha yordam ko’rsatish uchun zaruriy hodimlarga ega bo’lishi kerak.

Tanlovda qatnashish uchun da’vogarlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

– Tashkilotning faoliyati va o’tkazgan amaliyot (operatsiya)lari haqidagi axborotlarni o’z ichiga olgan da’vogar to’g’risidagi litsenziya va ma’lumotlar nusxasi;

– Auditorlik faoliyati tajribasini, malakasi va boshqa ma’lumotlarni tasniflovchi rahbarning va auditorlarning amaldagi malakaviy sertifikatlari nusxasi.

Tanlovda qatnashishga yozma murojaatlar ushbu e’lon chop etilgandan keyin 14 kundan kechiktirmay quyidagi manzilda joylashgan “Farg’onapaxtasanoat hududiy filiali” MChJning Moliya va iqtisodiyot bo’limiga taqdim etilishi shart:

O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona viloyat, Farg’ona shahri, Sanoat ko’chasi, №24-uy. Indeks:150100. Telefon: (0373) 244-82-65, 244-84-84

 

Ishonch telefoni

73 244-44-99

September 2019
M T W T F S S
« Jul    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  

Farg'onapaxtasanoat hududiy filiali mas'uliyati cheklangan jamiyatining rasmiy sayti.

Sayt materiallaridan qisman yoki to'liq foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi majburiy.

Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, Sanoat ko'chasi, 24-uy.

Saytning so`nggi yangilangan sanasi
2015, 21 Март, Шанба, соат 20:30

2 visitors online now
0 guests, 2 bots, 0 members